- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "رغم أنف رجل ذكرت عنده فلم يصلِ علي" رواه الترمذي وقال حديث حسن.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Huzurida men zikr qilinib, menga salavot aytmagan kishining burni yerga ishqalansin. Ramazon kirib, soʻng magʻfirat qilinmasdan oʻtib ketgan kishining burni yerga ishqalansin. Huzurida ota-onasi yoki ulardan biri qariligiga yetgan-u, lekin ular uni jannatga kiritmagan kishining burni yerga ishqalansin», dedilar. Abdurrahmon aytdi: «Oʻylaymanki, u zot: ‹yoki ulardan biri›, dedilar.» (Roviy) aytdi: Bu bobda Jobir va Anasdan ham (hadis) bor. Bu hadis shu yoʻldan kelishi jihatidan hasan gʻaribdir. Baʼzi ahli ilmdan rivoyat qilinishicha: «Kishi majlisda Nabiy ﷺga bir marta salavot aytsa, oʻsha majlisda boʻlgan vaqti uchun kifoya qiladi», dedi.