- وعن أبي الدرداء، رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "ألا أنبئكم بخير أعمالكم، وأزكاها عند مليككم، وأرفعها في درجاتكم، وخير لكم من إنفاق الذهب والفضة وخير لكم من أن تلقوا عدوكم فتضربوا أعناقهم، ويضربوا أعناقكم؟" قالوا: بلى، قال: "ذكر الله تعالى". رواه الترمذي وقال الحاكم أبو عبد الله إسناده صحيح.
Abu Dardo (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ: «Sizlarni amallaringizning eng yaxshisidan, Egangiz (Robbingiz) huzurida eng pokidan, darajalaringizda eng yuksagidan, oltin va kumush infoq qilishingizdan koʻra sizlar uchun yaxshiroq boʻlgan, dushmaningiz bilan toʻqnashib ularning boʻyinlarini chopishingizdan va ular sizlarning boʻyinlaringizni chopishidan koʻra sizlar uchun yaxshiroq boʻlgan narsadan xabardor qilaymi?», dedilar. Ular: «Albatta (qiling)», dedilar. U zot: «Alloh taoloning zikri», dedilar. Shunda Muoz ibn Jabal (roziyallohu anhu): «Allohning azobidan Allohning zikridan koʻra koʻproq qutqaruvchi narsa yoʻq», dedi. Abu Iso aytdi: Baʼzilar bu hadisni shu isnod bilan Abdulloh ibn Saiddan shunga oʻxshash rivoyat qilishgan, baʼzilar esa undan mursal qilib rivoyat qilishgan.