- وعن سعد بن أبي وقاص رضي الله عنه أنه دخل مع رسول الله صلى الله عليه وسلم على امرأة وبين يديها نوى -أو حصى- تسبح به فقال: "أخبرك بما هو أيسر عليك من هذا - أو أفضل" فقال: "سبحان الله عدد ما خلق في السماء، وسبحان الله عدد ما خلق في الأرض، وسبحان الله عدد ما بين ذلك، وسبحان الله عدد ما هو خالق، والله أكبر مثل ذلك، والحمد لله مثل ذلك، ولا إله إلا الله مثل ذلك، ولا حول ولا قوة إلا بالله مثل ذلك". ((رواه الترمذي وقال: حديث حسن)).
Saʼd ibn Abu Vaqqos (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, u Rasululloh ﷺ bilan birga bir ayolning huzuriga kirdi. Ayolning oldida danak yoki mayda toshlar boʻlib, ular bilan tasbeh aytayotgan edi. Shunda u zot ﷺ: «Senga shundan koʻra osonroq yoki afzalroq boʻlgan narsani aytib beraymi?» dedilar. Soʻng dedilar: «‹Subhanallohi adada mo xalaqa fis-samoi (Allohning osmonda yaratgan narsalari soni qadar Alloh pokdir), va subhanallohi adada mo xalaqa fil-arzi (Allohning yerda yaratgan narsalari soni qadar Alloh pokdir), va subhanallohi adada mo xalaqa bayna zolika (Allohning ular orasida yaratgan narsalari soni qadar Alloh pokdir), va subhanallohi adada mo huva xoliq (Allohning yaratadigan narsalari soni qadar Alloh pokdir)›. ‹Vallohu akbar (Alloh ulugʻdir)› ham shunga oʻxshash. ‹Val-hamdu lillah (Hamd Allohgadir)› ham shunga oʻxshash. ‹Va lo ilaha illalloh (Allohdan oʻzga iloh yoʻq)› ham shunga oʻxshash. ‹Va lo havla va lo quvvata illa billah (Allohdan oʻzga (gunohdan saqlovchi) kuch va (toatga) quvvat yoʻq)› ham shunga oʻxshash.»