- وعنه أن أبا بكر الصديق رضي الله عنه قال: يا رسول الله مرني بكلمات أقولهن إذا أصبحت وإذا أمسيت، قال: قل: "اللهم فاطر السماوات والأرض عالم الغيب والشهادة، رب كل شيء ومليكه أشهد أن لا إله إلا أنت، أعوذ بك من شر نفسي وشر الشيطان وشركه" قال: "قلها إذا أصبحت، وإذا أمسيت، وإذا أخذت مضجعك". رواه أبو داود والترمذي وقال حديث حسن صحيح.
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Abu Bakr as-Siddiq (roziyallohu anhu): «Ey Allohning Rasuli, menga tongda va kechqurun aytadigan kalimalarni buyuring», dedi. (Paygʻambar ﷺ): «Aytgin: ‹Allohumma, ey osmonlaru yerni yaratguvchi, gʻayb va oshkorni biluvchi, har bir narsaning Robbi va Egasi, Sendan boshqa iloh yoʻq, deb guvohlik beraman; oʻz nafsim yomonligidan, shayton va uning shirkidan Senga panoh tilayman›», dedilar. Soʻngra: «Buni tongda, kechqurun va yotogʻingga yotganingda aytgin», dedilar.