- وعن ابن مسعود رضي الله عنه قال: كان نبي الله صلى الله عليه وسلم، إذا أمسى قال: أمسينا وأمسى الملك لله، والحمد لله، لا إله إلا الله وحده لا شريك له" قال الراوي: أراه قال فيهن: "له الملك وله الحمد وهو على كل شيء قدير، رب أسألك خير ما في هذه الليلة، وخير ما بعدها، وأعوذ بك من شر ما في هذه الليلة وشر ما بعدها، رب أعوذ بك من الكسل، وسوء الكبر، رب أعوذ بك من شر ما في هذه الليلة، وخير ما بعدها، وأعوذ بك من شر ما في هذه الليلة وشر ما بعدها، رب أعوذ بك من الكسل، وسوء الكبر، رب أعوذ بك من عذاب النار، وعذاب في القبر" وإذا أصبح قال ذلك أيضًا: "أصبحنا وأصبح الملك لله" ((رواه مسلم)).
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Allohning Nabiysi ﷺ kech kirganda bunday der edilar: ‹Biz ham kechga kirdik, mulk ham Allohga (xos boʻlgan holda) kechga kirdi, hamd Allohga xosdir. Yagona Allohdan oʻzga iloh yoʻq, Uning sherigi yoʻq›». U (roviy): «Menimcha, u zot bularning ichida bunday ham dedilar», dedi: «‹Mulk Unikidir, hamd Unikidir, U har narsaga qodirdir. Rabbim! Men Sendan bu kechadagi narsaning yaxshiligini va undan keyingi (narsaning) yaxshiligini soʻrayman hamda bu kechadagi narsaning yomonligidan va undan keyingi (narsaning) yomonligidan Senga panoh soʻrayman. Rabbim! Men Sendan dangasalikdan va qariligning yomonligidan panoh soʻrayman. Rabbim! Men Sendan doʻzaxdagi azobdan va qabrdagi azobdan panoh soʻrayman›». U zot tong otganda ham xuddi shuni der edilar: «‹Biz ham tongga kirdik, mulk ham Allohga (xos boʻlgan holda) tongga kirdi›».