- وعن عبد الله بن خُبيب -بضم الخاء المعجمة- رضي الله عنه قال: قال لي رسول الله صلى الله عليه وسلم: "اقرأ: قل هو الله أحد، والمعوذتين حين تمسي وحين تصبح، ثلاث مرات، تكفيك من كل شيء". رواه أبو داود والترمذي وقال حديث حسن صحيح .
Muhammad ibn al-Musaffo bizga aytib berib, bizga Ibn Abu Fudayk aytib berib, dedi: Menga Ibn Abu Ziʼb xabar berib, u Abu Asid al-Barroddan, u Muoz ibn Abdulloh ibn Xubaybdan, u otasidan rivoyat qiladi. U aytdi: «Biz yomgʻirli va juda qorongʻu kechada Rasululloh ﷺni bizga namoz oʻqib berishlari uchun izlab chiqdik. Soʻng u zotga yetib oldik. U zot: ‹Namoz oʻqidingizmi?›, dedilar. Men hech narsa demadim. U zot: ‹Ayt›, dedilar. Men hech narsa demadim. Soʻng u zot yana: ‹Ayt›, dedilar. Men yana hech narsa demadim. Soʻng u zot: ‹Ayt›, dedilar. Shunda men: ‹Ey Rasululloh, nima deyin?›, dedim. U zot: ‹{Qul huvallohu ahad}ni va muavvizataynni (yaʼni Falaq va Nos suralarini) kechqurun va tongda uch martadan oʻqi, ular senga har bir narsadan yetarli boʻladi›, dedilar».