- وعن عثمان بن عفان رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "ما من عبد يقول في صباح كل يوم ومساء كل ليلة: بسم الله الذي لا يضر مع اسمه شيء في الأرض ولا في السماء وهو السميع العليم، ثلاث مرات، إلا لم يضره شيء". رواه أبو داود والترمذي وقال حديث حسن صحيح .
Abon ibn Usmon aytdi: Men Usmon ibn Affon (roziyallohu anhu)ning shunday deganini eshitdim: Rasululloh ﷺ: «Qaysi bir banda har kuni ertalab va har kechqurun: ‹Bismillahillaziy la yazurru maʼasmihi shayʼun fil-arzi va la fis-samaʼi va huvas-Samiʼul-Aliym (Uning ismi bilan birga yerda ham, osmonda ham hech narsa zarar yetkaza olmaydigan Alloh nomi bilan boshladim, U eshituvchi va biluvchidir)›, deb uch marta aytsa, unga hech narsa zarar yetkaza olmaydi», dedilar. Abonni falaj (qisman shol boʻlish) chetlab oʻtgan edi. Bir kishi unga (taajjub bilan) qaray boshladi. Abon unga: «Nimaga qaryapsan? Hadis men senga aytganimdek (haq). Lekin men oʻsha kuni uni aytmadim, toki Alloh menga oʻz qadarini oʻtkazsin (deb)», dedi. (Abu Iso) aytdi: Bu hadis hasan sahih gʻaribdir.