- وعن أبي أمامة رضي الله عنه قال: قيل لرسول الله صلى الله عليه وسلم: أي الدعاء أسمع؟ قال: "جوف الليل الآخر ودبر الصلوات المكتوبات". رواه الترمذي وقال حديث حسن.
Abu Umoma (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Ey Allohning Rasuli, qaysi duo eng (yaxshi) eshitiladi?» deyildi. U zot: «Kechaning oxirgi qismida va farz namozlar ortidan (qilingan duo)», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir. Abu Zar va Ibn Umardan Paygʻambar ﷺdan: «Kechaning oxirgi qismi — undagi duo afzalroq yoki ijobatga umidliroqdir» yoki shunga oʻxshash (soʻzlar) ham rivoyat qilingan.