- وعن عبادة بن الصامت رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "ما على الأرض مسلم يدعو الله تعالى بدعوة إلا آتاه الله إياها، أو صرف عنه من السوء مثلها. ما لم يدع بإثم، أو قطيعة رحم" فقال رجل من القوم: إذًا نكثر قال: "الله أكثر". رواه الترمذي وقال حديث حسن صحيح.
Uboda ibn as-Somit (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Yer yuzida biron-bir musulmon Allohga bir duo bilan iltijo qilsa, agar gunoh yoki qarindoshlik aloqasini uzish (ni soʻrab duo) qilmagan boʻlsa, albatta, Alloh unga oʻsha (soʻragan) narsasini beradi yoki undan shunga teng yomonlikni qaytaradi», dedilar. Shunda qavmdan bir kishi: «Unday boʻlsa, biz koʻp (duo) qilamiz», dedi. U zot: «Alloh(ning bergani) koʻprokdir», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis shu yoʻl bilan hasan sahih gʻaribdir. Ibn Savbon esa — u Abdurrahmon ibn Sobit ibn Savbon al-Obid ash-Shomiydir.