- وعن أبي عبد الرحمن بلال بن الحارث المزني رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "إن الرجل ليتكلم بالكلمة من رضوان الله تعالى ما كان يظن أن تبلغ ما بلغت يكتب الله له بها رضوانه إلى يوم يلقاه، وإن الرجل ليتكلم بالكلمة من سخط الله ما كان يظن أن تبلغ ما بلغت يكتب الله له بها سخطه إلى يوم يلقاه”. رواه مالك في الموطأ والترمذي وقال حديث حسن صحيح.
Bilol ibn Horis al-Muzaniy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Albatta, kishi Alloh taoloning roziligiga (sabab boʻladigan) bir soʻzni aytadi, uning qay darajaga yetishini oʻylamaydi ham; Alloh unga bu soʻz sababli Oʻzining roziligini u zotga yoʻliqadigan kungacha yozib qoʻyadi. Va albatta, kishi Allohning gʻazabiga (sabab boʻladigan) bir soʻzni aytadi, uning qay darajaga yetishini oʻylamaydi ham; Alloh unga bu soʻz sababli Oʻzining gʻazabini u zotga yoʻliqadigan kungacha yozib qoʻyadi», dedilar.