- وعن سفيان بن عبد الله رضي الله عنه قال: قلت يا رسول الله حدثني بأمر أعتصم به قال: " قل ربي الله ثم استقم" قلت: يا رسول الله ما أخوف ما تخاف علي؟ فأخذ بلسان نفسه، ثم قال: “هذا”. رواه الترمذي وقال حديث حسن صحيح.
Sufyon ibn Abdulloh as-Saqafiy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Ey Allohning Rasuli, menga shunday bir ish haqida (xabar) bering-ki, men unga mahkam yopishay», dedim. U zot: «‹Robbim Allohdir› degin, soʻng (shu yoʻlda) sobit (mustaqim) boʻl», dedilar. «Ey Allohning Rasuli, men haqimda eng koʻp nimadan qoʻrqasiz?» dedim. Shunda u zot oʻz tilini ushlab, soʻng: «Mana shundan», dedilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir; u Sufyon ibn Abdulloh as-Saqafiydan boshqa yoʻllar bilan ham rivoyat qilingan.