- وعن أبي هريرة رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: “أتدرون ما الغيبة؟” قالوا: الله ورسوله أعلم قال: "ذكرك أخاك بما يكره" قيل: أفرأيت إن كان في أخي ما أقول؟ قال: "إن كان فيه ما تقول، فقد اغتبته، وإن لم يكن فيه ما تقول فقد بهته”. ((رواه مسلم)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Gʻiybat nima ekanini bilasizlarmi?» — dedilar. Ular (sahobalar): «Alloh va Uning Rasuli bilguvchiroqdir», — dedilar. U zot: «Birodaringni u yoqtirmaydigan narsa bilan tilga olishingdir», — dedilar. «Aytsangiz-chi, agar men aytayotgan (kamchilik) birodarimda bor boʻlsa-chi?» — deyildi. U zot: «Agar unda sen aytayotgan (narsa) bor boʻlsa, sen uni gʻiybat qilibsan; agar unda boʻlmasa, unga buhton qilibsan», — dedilar.