- وعن أبي بكر رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال في خطبته يوم النحر بمنًى في حجة الوداع: "إن دماءكم، وأموالكم، وأعراضكم حرام عليكم كحرمة يومكم هذا، في شهركم هذا، في بلدكم هذا، ألا هل بلغت” ((متفق عليه)).
(Ibn Sirin Abdurahmon ibn Abu Bakradan, (u) Abu Bakra (roziyallohu anhu)dan; va mening nazarimda Abdurahmon ibn Abu Bakradan afzalroq boʻlgan boshqa bir kishidan, (u) Abu Bakradan rivoyat qildiki:) Rasululloh ﷺ odamlarga xutba qilib: «Bu qanday kun ekanini bilasizmi?» dedilar. Ular: «Alloh va Uning Rasuli biluvchiroqdir», dedilar. (Roviy aytdi:) Hatto biz U zot uni (kunni) oʻz nomidan boshqa (nom) bilan ataydilar, deb gumon qildik. U zot: «(Bu) Nahr (qurbonlik) kuni emasmi?» dedilar. Biz: «Ha, yo Rasululloh», dedik. U zot: «Bu qanday shahar? (Bu) Balda (haram shahri) emasmi?» dedilar. Biz: «Ha, yo Rasululloh», dedik. U zot: «Bas, albatta, sizlarning qonlaringiz, mol-mulklaringiz, nomus-orlaringiz va terilaringiz (badanlaringiz) sizlarga — mana shu kunungizning hurmati kabi, mana shu oyingizda, mana shu shahringizda — harom(dir). Ogoh boʻlinglar, (men sizlarga bularni) yetkazdimmi?» dedilar. Biz: «Ha», dedik. U zot: «Allohim, guvoh boʻl! Bas, hozir boʻlgan kishi yoʻq (gʻoyib) kishiga yetkazsin; chunki baʼzan yetkazilgan kishi — uni oʻzidan koʻra yaxshiroq saqlovchi (anglovchi) kishiga yetkazib qoʻyadi», dedilar — va shunday boʻldi ham. (U zot:) «Mendan keyin bir-biringizning boʻyningizni uradigan kofirlarga aylanib qaytmanglar», dedilar. (Roviy aytdi:) Ibn Hadramiy yondirilgan kun — Joriya ibn Qudoma uni yondirgan paytda — (Joriya): «Abu Bakrani (chaqirib) qaranglar!» dedi. Ular: «Mana, Abu Bakra seni koʻryapti», dedilar. Abdurahmon aytdi: Onam menga Abu Bakradan (rivoyat qilib) aytdiki, u: «Agar ular mening (huzurimga) kirganlarida ham, men bir qamish bilan ham (qarshilik) qilmagan boʻlardim», dedi.