- وعن أبي الدرداء رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "إن العبد إذا لعن شيئًا، صعدت اللعنة إلى السماء، فتغلق أبواب السماء دونها، ثم تهبط إلى الأرض، فتغلق أبوابها دونها، ثم تأخذ يمينًا وشمالا، فإذا لم تجد مساغًا رجعت إلى الذي لُعن، فإن كان أهلا لذلك، وإلا رجعت إلى قائلها". رواه أبو داود.
Abu Dardo (roziyallohu anhu) aytdilar: Men Rasululloh ﷺ ning shunday deganlarini eshitdim: «Albatta banda biror narsani laʼnatlasa, laʼnat osmonga koʻtariladi, soʻng osmonning eshiklari uning yuziga yopiladi. Soʻng yerga tushadi va yerning eshiklari ham uning yuziga yopiladi. Soʻng oʻngga va chapga yuradi. Agar oʻtadigan joy topmasa, laʼnatlangan kishiga qaytadi. Agar u (laʼnatga) loyiq boʻlsa (kiradi), boʻlmasa, aytuvchisiga qaytadi».