- وعن عمران بن الحصين رضي الله عنه الله عنهما قال: بينما رسول الله صلى الله عليه وسلم في بعض أسفاره، وامرأة من الأنصار على ناقة، فضجرت، فلعنتها، فسمع ذلك رسول الله صلى الله عليه وسلم فقال: "خذوا ما عليها ودعوها، فإنها ملعونة" قال عمران: فكأني أراها الآن تمشي في الناس ما يَعرض لها أحد. ((رواه مسلم)).
Imron ibn Husayn (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ baʼzi safarlarining birida edilar, ansorlardan bir ayol esa bir tuyaning ustida edi. (Tuya) bezovta boʻldi, shunda (ayol) unga laʼnat oʻqidi. Buni Rasululloh ﷺ eshitib qoldilar-da: «Ustidagi narsalarni oling-da, uni qoʻyib yuboringlar, chunki u laʼnatlangandir», — dedilar. Imron dedi: Goʻyo men hozir ham uni odamlar orasida yurganini koʻrayotgandayman, hech kim unga (yuk ortishga) yaqinlashmaydi.