- وعن جُندب بن عبد الله رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "قال رجل: والله لا يغفر الله لفلان، فقال الله عز وجل: من ذا الذي يتألى علي أن لا أغفر لفلان! فإني قد غفرت له، وأحبطت عملك" ((رواه مسلم)).
Jundub (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ aytib berdilarki: «Bir kishi: ‹Vallohi, Alloh falonchini kechirmaydi›, dedi. Shunda Alloh taolo: ‹Falonchini kechirmasligim haqida Menga qasam ichib oʻzicha hukm qilgan kim oʻzi? Men falonchini kechirib yubordim va sening amalingni puchga chiqardim›, dedi». Yoki (u zot) qanday aytgan boʻlsalar (shunday).