- وعن واثلة بن الأسقع رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : " لا تظهر الشماتة لأخيك، فيرحمه الله ويبتليك". ((رواه الترمذي وقال: حديث حسن)) وفي الباب حديث أبي هريرة السابق في باب التجسس: " كل المسلم على المسلم حرام" الحديث.
Vosila ibn al-Asqaʼ (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Birodaringning boshiga tushgan musibatdan shodlanma, aks holda Alloh unga rahm qiladi va seni balogʻa giriftor etadi», dedilar. (Abu Iso) aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Makhul Vosila ibn al-Asqaʼ, Anas ibn Molik va Abu Hind ad-Doriydan eshitgan. Aytiladiki, u Nabiy ﷺning sahobalaridan shu uchovidan boshqa hech kimdan eshitmagan. Makhul shomlik boʻlib, kunyasi Abu Abdullohdir, u qul boʻlgan, soʻng ozod qilingan. Makhul al-Azdiy esa basralik boʻlib, Abdulloh ibn Umardan eshitgan, undan Umora ibn Zozon rivoyat qiladi.