- وعن ابن عمر رضي الله عنهما أنه سمع رجلا يقول: لا والكعبة، قال ابن عمر: لا تحلف بغير الله، فإني سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: "من حلف بغير الله، فقد كفر أو أشرك".(( رواه الترمذي وقال حديث حسن)) وفسر بعض العلماء قوله: "كفر أو أشرك" على التغليظ، كما روي أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "الرياء شرك".
Ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: U bir kishining «Yoʻq, Kaʼba haqqi» deganini eshitdi-da, Ibn Umar: Allohdan oʻzga bilan qasam ichilmaydi, men Rasululloh ﷺning: «Kim Allohdan oʻzga bilan qasam ichsa, kufr keltiribdi yoki shirk keltiribdi», deganlarini eshitganman, dedi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasandir. Baʼzi ilm ahli bu hadisni shunday izohlaganlar: U zotning «kufr keltiribdi yoki shirk keltiribdi» degan soʻzlari (gunohni) ulugʻ qilib koʻrsatish (tagʻliz) yuzasidandir. Bundagi hujjat — Ibn Umarning hadisi boʻlib, unda Nabiy ﷺ Umarning «Otam haqqi, otam haqqi» deganini eshitib: «Ogoh boʻlinglar! Alloh sizlarni otalaringiz bilan qasam ichishdan qaytaradi», deganlar. Yana Abu Hurayraning Nabiy ﷺdan (rivoyat qilgan) hadisi boʻlib, unda u zot: «Kim qasamida ‹Lot va Uzzo haqqi› desa, ‹La ilaha illalloh› desin», deganlar. Abu Iso aytdi: Bu Nabiy ﷺdan rivoyat qilingan «Albatta, riyo — shirkdir» degan (hadis)ga oʻxshashdir. Baʼzi ilm ahli {Kim Robbiga roʻbaroʻ boʻlishni umid qilsa, solih amal qilsin} degan oyatni (Kahf surasi)ni shunday izohlab: riyo qilmasin, deganlar.