- عن ابن مسعود رضي الله عنه أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "من خلف على مال امرئ مسلم بغير حقه، لقي الله وهو عليه غضبان" قال: ثم قرأ علينا رسول الله صلى الله عليه وسلم مصداقه من كتاب الله عز وجل: {إن الذين يشترون بعهد الله وأيمانهم ثمنًا قليلا} ((آل عمران: 77)) إلى آخر الآية: ((متفق عليه)).
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺ ning shunday deyayotganlarini eshitdim: «Kim bir musulmon kishining molini nohaq (olish) uchun qasam ichsa, Allohga, U Zot oʻziga gʻazabnok holda yoʻliqadi». Abdulloh dedi: Soʻng Rasululloh ﷺ bizga Allohning kitobidan uning tasdigʻini oʻqib berdilar: {Albatta Allohning ahdini va (oʻz) qasamlarini arzon bahoga sotadiganlar...} — oyatning oxirigacha.