- وعن قيس بن أبي حازم قال: دخل أبو بكر الصديق رضي الله عنه على امرأة من أحمس يقال لها: زينب، فرأها لا تتكلم. فقال: ما لها لا تتكلم؟ فقالوا: حجت مصمته، فقال لها: تكلمي فإن هذا لا يحل، هذا من عمل الجاهلية! فتكلمت. رواه البخاري
Abu Bakr Ahmas (qabilasi)dan Zaynab deb ataladigan bir ayolning oldiga kirdi va uni gapirmayotgan holda koʻrdi. U: «Bunga nima boʻldi, gapirmayapti?» dedi. Ular: «U sukut saqlagan (gapirmaslikka ahd qilgan) holda haj qilibdi», deyishdi. U (Abu Bakr) unga: «Gapir, chunki bu (sukut) halol emas, bu johiliyat ishidandir», dedi. Shunda u gapirib: «Sen kimsan?» dedi. (Abu Bakr:) «Muhojirlardan bir kishi», dedi. (Ayol:) «Qaysi muhojirlardan?» dedi. (Abu Bakr:) «Qurayshdan», dedi. (Ayol:) «Qaysi Qurayshdansan?» dedi. (Abu Bakr:) «Sen koʻp soʻrovchi ekansan; men Abu Bakrman», dedi. (Ayol:) «Alloh johiliyatdan keyin keltirgan bu solih ish (islom) ustida bizning (sobit) qolishimiz qanchalik (davom etadi)?» dedi. (Abu Bakr:) «Imomlaringiz sizni toʻgʻri (yoʻlda) tutib turar ekan, siz unda (sobit) qolasiz», dedi. (Ayol:) «Imomlar nima?» dedi. (Abu Bakr:) «Qavmingning boshliqlari va ashroflari (zodagonlari) boʻlmaganmi — ular (qavmga) buyurar, ular itoat qilardi?» dedi. (Ayol:) «Ha (boʻlgan)», dedi. (Abu Bakr:) «Bas, oʻshalar — odamlar ustidagi (imomlar)dir», dedi.