- عن سعد بن أبي وقاص رضي الله عنه أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: "من ادعى إلى غير أبيه وهو يعلم أنه غير أبيه، فالجنة عليه حرام" ((متفق عليه)).
Abu Usmon (rahimahulloh) aytadi: Saʼd ibn Molik (roziyallohu anhu) menga aytib berdiki, u: «Buni qulogʻim eshitdi va qalbim Muhammad alayhissalomdan yodda saqladi: u zot: ‹Kim otasidan boshqasini ota deb daʼvo qilsa, holbuki uning otasi emasligini bilsa, jannat unga harom boʻladi›, dedilar», dedi. (Saʼd) aytadi: «Soʻng men Abu Bakrani uchratib, buni unga zikr qildim. U: ‹Buni qulogʻim eshitdi va qalbim Muhammad ﷺ dan yodda saqladi›, dedi». Osim (rahimahulloh) aytadi: Men: «Ey Abu Usmon, sening oldingda ikki kishi guvohlik berdi-ku, ular qanaqa kishilar edi?», dedim. U: «Ulardan biri — Alloh yoʻlida (yoki Islom yoʻlida) birinchi boʻlib oʻq otgan kishi — yaʼni Saʼd ibn Molik. Ikkinchisi esa Toiifdan yigirma necha kishi bilan yayov kelgan kishi edi», dedi va (uning) fazlini zikr qildi.