- وعنها قالت : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "من أحب لقاء الله أحب الله لقاءه، ومن كره لقاء الله كره الله لقاءه" فقلت: يا رسول الله ، أكراهية الموت؟ فكلنا نكره الموت! قال:"ليس كذلك، ولكن المؤمن إذا بشر برحمة الله ورضوانه وجنته أحب لقاء الله ، فأحب الله لقاءه، وإن الكافر إذا بشر بعذاب الله وسخطه، كره لقاء الله وكره الله لقاءه" ((رواه مسلم)).
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Kim Allohga roʻbaroʻ boʻlishni yoqtirsa, Alloh ham unga roʻbaroʻ boʻlishni yoqtiradi. Kim Allohga roʻbaroʻ boʻlishni yomon koʻrsa, Alloh ham unga roʻbaroʻ boʻlishni yomon koʻradi», — dedilar. Shunda men: «Yo Allohning Nabiysi! (Bu) oʻlimni yomon koʻrishmi? Axir hammamiz oʻlimni yomon koʻramiz-ku», — dedim. U zot: «(Gap) bunday emas. Lekin moʻmin (oʻlim chogʻida) Allohning rahmati, rizosi va jannati bilan xushxabar berilsa, Allohga roʻbaroʻ boʻlishni yoqtiradi va Alloh ham unga roʻbaroʻ boʻlishni yoqtiradi. Kofir esa Allohning azobi va gʻazabi bilan xabar berilsa, Allohga roʻbaroʻ boʻlishni yomon koʻradi va Alloh ham unga roʻbaroʻ boʻlishni yomon koʻradi», — dedilar.