- وعن أم المؤمنين صفية بن حيي رضي الله عنها قالت: كان النبي صلى الله عليه وسلم معتكفاً، فأتيته أزوره ليلاً، فحدثته ثم قمت لأنقلب، فقام معي ليقلبني، فمر رجلان من الأنصار رضي الله عنهما ، فلما رأيا النبي صلى الله عليه وسلم أسرعا، فقال صلى الله عليه وسلم : على رسلكما إنها صفية بنت حيي فقالا: سبحان الله يا رسول الله! :"إن الشيطان يجري من ابن آدم مجرى الدم، وإني خشيت أن يقذف في قلوبكما شراً أو قال: شيئاً” ((متفق عليه)).
Safiyya bint Huyay (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ (masjidda) eʼtikofda edilar. Men kechasi u zotni ziyorat qilgani keldim va u zot bilan suhbatlashdim. Soʻng qaytib ketmoqchi boʻlib oʻrnimdan turdim. U zot ham meni kuzatib qoʻyish uchun men bilan birga turdilar. Uning (Safiyyaning) turar joyi Usoma ibn Zaydning hovlisida edi. Shu payt ansorlardan ikki kishi oʻtib qoldi. Ular Nabiy ﷺ ni koʻrishlari bilan tezlab yurib ketdilar. Shunda Nabiy ﷺ: «Shoshilmanglar, bu Safiyya bint Huyaydir», dedilar. Ikkovi: «Subhanalloh, yo Rasululloh!» dedilar. U zot: «Albatta, shayton inson tanasida qon kabi oqib yuradi. Men u qalblaringizga bir yomonlik solib qoʻyishidan qoʻrqdim», dedilar. Yoki «bir narsa» dedilar.