- وعن عائشة رضى الله عنها قالت : قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "إذا أكل أحدكم فليذكر اسم الله تعالى، فإذا نسى أن يذكر اسم الله تعالى في أوله، فليقل، بسم الله أوله وآخره". ((رواه أبو داود والترمذي))
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ: «Biror odam yeganida Alloh taoloning ismini zikr qilsin. Agar boshida Alloh taoloning ismini zikr qilishni unutsa, ‹Bismillahi avvalahu va oxirahu (uning avvalida ham, oxirida ham Allohning nomi bilan)›, desin», dedilar.