- وعن جابر، رضى الله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: "إذا دخل الرجل بيته، فذكر الله تعالى عند دخوله وعند طعامه، قال الشيطان لأصحابه: لا مبيت لكم ولا عشاء، وإذا دخل ، فلم يذكر الله تعالى عند دخوله، قال الشيطان: أدركتم المبيت؛ وإذا لم يذكر الله تعالى عند طعامه قال: أدركتم المبيت والعشاء" . ((رواه مسلم))
Jobir ibn Abdulloh (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: u Nabiy ﷺ ning shunday deyayotganlarini eshitgan: «Kishi oʻz uyiga kirsa va kirayotganida hamda taomi (oldida) Allohni zikr qilsa, shayton (oʻziga): ‹Sizlar uchun na tunash joyi bor, na kechki taom›, — deydi. Agar (uyga) kirib, kirayotganida Allohni zikr qilmasa, shayton: ‹Tunash joyiga yetishdingiz›, — deydi. Agar taomi (oldida) Allohni zikr qilmasa: ‹Tunash joyiga ham, kechki taomga ham yetishdingiz›, — deydi», — derdilar.