- وعن حذيفة رضى الله عنه قال: كنا إذا حضرنا مع رسول الله صلى الله عليه وسلم طعاماً، لم نضع أيدينا حتى يبدأ رسول الله صلى الله عليه وسلم فيضع يده. وإنا حضرنا معه مرةً طعاماً، فجاءت جارية كأنها تدفع، فذهبت لتضع يدها في الطعام، فأخذ رسول الله صلى الله عليه وسلم بيدها، ثم جاء أعرابي كأنما يدفع فأخذ بيده، فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "إن الشيطان يستحل الطعام أن لا يذكر اسم الله تعالى عليه، وإنه جاء بهذه الجارية ليستحل بها، فأخذت بيدها، فجاء بهذا الأعرابي ليستحل به، فأخذت بيده، والذي نفسي بيده إن يده في يدي مع يديهما" ثم ذكر اسم الله تعالى وأكل. ((رواه مسلم))
Huzayfa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Biz Rasululloh ﷺ bilan taomga hozir boʻlganimizda, Rasululloh ﷺ (avval) qoʻllarini qoʻymagunlaricha qoʻllarimizni qoʻymas edik. Bir marta u zot bilan taomga hozir boʻldik. Shunda goʻyo (kimdir) turtib yuborayotganday bir joriya kelib, qoʻlini taomga qoʻymoqchi boʻldi. Rasululloh ﷺ uning qoʻlidan ushladilar. Soʻng goʻyo turtib yuborilayotganday bir aʼrobiy keldi, u zot uning ham qoʻlidan ushladilar va: «Albatta, shayton Allohning ismi zikr qilinmagan taomni oʻziga halol sanaydi. U (taomni) halollashtirish uchun shu joriyani olib keldi, men uning qoʻlidan ushladim. Soʻng bu aʼrobiyni halollashtirish uchun olib keldi, men uning ham qoʻlidan ushladim. Jonim qoʻlida boʻlgan Zot bilan qasamki, uning (shaytonning) qoʻli ularning qoʻllari bilan birga mening qoʻlimda edi», dedilar. Soʻng Allohning ismini zikr qilib taom yedilar.