- وعن أمية بن مخشى الصحابي رضى الله عنه قال: كان رسول الله صلى الله عليه وسلم جالساً ، ورجل يأكل، فلم يسم الله حتى لم يبق من طعامه إلا لقمة، فلما رفعها إلى فيه، قال: بسم الله أوله وآخره، فضحك النبي صلى الله عليه وسلم، ثم قال:"ما زال الشيطان يأكل معه، فلما ذكر اسم الله استقاء ما فيه بطنه" . ((رواه أبو داود والنسائي))
Rasululloh ﷺning sahobalaridan boʻlgan Umayya ibn Maxshiy (roziyallohu anhu) aytadi: Rasululloh ﷺ oʻtirgan edilar, bir kishi esa ovqat yer, lekin (Allohning ismini) zikr qilmas edi. Nihoyat taomidan bir luqmadan boshqasi qolmadi. U (oxirgi luqmani) ogʻziga olib borgan chogʻida: «Bismillahi avvalahu va oxirahu (uning avvalida ham, oxirida ham Allohning nomi bilan)», dedi. Shunda Nabiy ﷺ kulib, soʻngra: «Shayton u bilan birga yeyaverdi. U Alloh azza va jallaning ismini zikr qilgan chogʻida (shayton) qornidagini qaytarib chiqarib tashladi», dedilar. Abu Dovud aytdi: Jobir ibn Subh — Sulaymon ibn Harbning ona tomonidan bobosidir.