وعن أبى سعيد الخدرى رضى الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "إزارة المسلم إلى نصف الساق، ولا حرج -أو لا جناح- فيما بينه وبين الكعبين، فما كان أسفل من الكعبين فهو في النار، ومن جر إزاره بطرا لم ينظر الله إليه".((رواه أبو داود))
Abdurahmon (ibn Yaʼqub) (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Abu Said al-Xudriy (roziyallohu anhu)dan izor (belbogʻ) haqida soʻradim. U: «Sen buni yaxshi biladigan kishiga toʻgʻri kelding», dedi. Rasululloh ﷺ shunday dedilar: «Musulmonning izori (kiyimi) boldirning oʻrtasigacha boʻladi va uning bilan toʻpiqlar orasidagi joyda hech qanday gunoh — yoki vabol — yoʻq. Toʻpiqlardan pastda boʻlgan narsa esa doʻzaxdadir. Kim izorini takabburlik bilan sudrab yursa, Alloh unga (qiyomat kuni) nazar solmaydi».