وعن ابن عمر رضى الله عنهما قال: مررت على رسول الله صلى الله عليه وسلم وفى إزاري استرخاء، فقال: "يا عبد الله، ارفع إزارك" فرفعت ثم قال: "زد"، فزدت، فما زلت أتحراها بعد. فقال بعض القوم: إلى أين ؟ فقال: إلى أنصاف الساقين".((رواه مسلم))
Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Men izorimda osilib turgan holatda (uni yerga sudrab) Rasululloh ﷺ ning yonidan oʻtdim. Shunda u zot: «Ey Abdulloh, izoringni koʻtar!» dedilar. Men uni koʻtardim. Soʻng: «Yana (koʻtar)!» dedilar. Men yana koʻtardim. Shundan keyin men doimo shunga rioya qiladigan boʻldim. (Hozir boʻlganlardan) baʼzilar: «Qayergacha?» deb soʻradi. (Ibn Umar): «Boldirlarning oʻrtasigacha», dedi.