- وعن حذيفة رضى الله عنه قال:كان النبي صلى الله عليه وسلم إذا أخذ مضجعه من الليل وضع يده تحت خده، ثم يقول: "اللهم باسمك أموت وأحيا" وإذا استيقظ قال: "الحمد لله الذي أحيانا بعد ما أماتنا وإليه النشور" ((رواه البخاري)).
Huzayfa (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Nabiy ﷺ kechasi yotadigan joylariga yotganlarida, qoʻllarini yonoqlari ostiga qoʻyar, soʻng: «Allohim, Sening isming ila oʻlaman va tirilaman», deydilar. Uygʻonganlarida esa: «Bizni oʻldirganidan soʻng tiriltirgan Allohga hamdlar boʻlsin, qaytish ham Unga boʻlur», deydilar.