- وعن يعيش بن طخفة الغفارى رضى الله عنه قال: قال أبى: بينما أنا مضطجع في المسجد على بطني إذا رجل يحركني برجله فقال: "إن هذه ضجعة يبغضها الله" قال: فنظرت ، فإذا رسول الله صلى الله عليه وسلم. ((رواه أبو داود بإسناد صحيح)).
Yaʼish ibn Tixfa ibn Qays al-Gʻiforiy otasidan rivoyat qiladi: «Otam Suffa ahlidan edi. Rasululloh ﷺ: ‹Biz bilan Oishaning uyiga boringlar›, dedilar. Biz bordik. U zot: ‹Ey Oisha, bizni taomlantir›, dedilar. U (Oisha) bir oz oziq olib keldi, biz yedik. Soʻng u zot: ‹Ey Oisha, bizni taomlantir›, dedilar. U toʻrgʻay (qush)dek (oz) hays olib keldi, biz yedik. Soʻng u zot: ‹Ey Oisha, bizga ichirgil›, dedilar. U bir piyola sut olib keldi, biz ichdik. Soʻng u zot: ‹Ey Oisha, bizga ichirgil›, dedilar. U kichik bir kosa olib keldi, biz ichdik. Soʻng u zot: ‹Istasangiz, (shu yerda) tunab qolinglar, istasangiz, masjidga boringlar›, dedilar. (Otam aytadi:) Men sahar paytida masjidda qornimga yotgan edim, birdan bir kishi meni oyogʻi bilan turtdi va: ‹Bu shunday yotishki, uni Alloh yomon koʻradi›, dedi. Men qarasam — Rasululloh ﷺ ekanlar».