- وعن أبي يوسف عبد الله بن سلام رضي الله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: "يا أيها الناس أفشوا السلام، وأطعموا الطعام، وصلوا الأرحام وصلوا والناس نيام، تدخلوا الجنة بسلام" ((رواه الترمذي وقال حديث حسن صحيح)).
Abdulloh ibn Salom (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: U aytdi: «Nabiy ﷺ Madinaga kelganlarida, odamlar u zot tomon shoshildilar va: ‹Rasululloh ﷺ keldilar! Rasululloh ﷺ keldilar! Rasululloh ﷺ keldilar!› deyildi, uch marta. Men ham odamlar orasida u zotni koʻrgani keldim. U zotning yuzlarini yaqqol koʻrganimda, bu yuz yolgʻonchining yuzi emasligini bildim. U zotdan eshitgan birinchi soʻzim shu boʻldi, dedilarki: ‹Ey odamlar! Salomni yoyinglar, taom yediringlar, qarindoshlik rishtalarini ulanglar va odamlar uxlab yotgan tunda namoz oʻqinglar, jannatga salomatlik bilan kirasizlar›.»