- وعن الطفيل بن أبي بن كعب أنه كان يأتي عبد الله بن عمر، فيغدو معه إلى السوق، قال: فإذا غدونا إلى السوق، لم يمر عبد الله على سقاط ولا صاحب بيعة، ولا مسكين، ولا أحد إلا سلم عليه، قال الطفيل، فجئت عبد الله بن عمر يومًا، فاستتبعني إلى السوق فقلت له: ما تصنع بالسوق، وأنت لا تقف على البيع ولا تسأل عن السلع، ولا تسوم بها، ولا تجلس في مجالس السوق؟ وأقول: اجلس بنا هاهنا نتحدث، فقال يا أبا بطن- وكان الطفيل ذا بطن- إنما نغدو من أجل السلام فنسلم على من لقيناه. ((رواه مالك في الموطأ بإسناد صحيح)).
Tufayl ibn Ubay ibn Kaʼb (rahimahulloh)dan rivoyat qilinadi: Men Abdulloh ibn Umar (roziyallohu anhumo)ning huzuriga kelib, u bilan birga bozorga chiqardim. Bozorga chiqqanimizda, Abdulloh eski-tuski sotuvchi boʻlsin, savdogar boʻlsin, miskin boʻlsin, kim uchrasa, hammasiga salom berardi. Kunlardan bir kun men Abdulloh ibn Umarning oldiga keldim, u meni bozorga ergashtirdi. Men unga: «Bozorda nima qilasiz? Axir siz na savdoda toʻxtaysiz, na mol haqida soʻraysiz, na narx aytasiz, na bozor majlislarida oʻtirasiz», dedim va: «Shu yerda oʻtiraylik, suhbatlashaylik», dedim. U: «Ey Abu Batn (Tufayl qorni katta kishi edi), biz faqat salom berish uchun chiqamiz; kimni uchratsak, unga salom beramiz», dedi.