- عن عمران بن الحصين رضي الله عنهما قال: جاء رجل إلى النبي صلى الله عليه وسلم فقال: السلام عليكم، فرد عليه ثم جلس، فقال النبي صلى الله عليه وسلم: “عشر” ثم جاء آخر، فقال: السلام عليكم ورحمة الله، فرد عليه فجلس، فقال: "عشرون" ثم جاء آخر، فقال: السلام عليكم ورحمة الله وبركاته، فرد عليه فجلس، فقال: “ثلاثون” ((رواه أبو داود والترمذي وقال: حديث حسن)).
Imron ibn Husayn (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Bir kishi Nabiy ﷺ huzurlariga kelib: «Assalomu alaykum», — dedi. U zot uning salomiga alik oldilar, soʻngra u oʻtirdi. Nabiy ﷺ: «Oʻn», — dedilar. Soʻng boshqa biri kelib: «Assalomu alaykum va rohmatulloh», — dedi. U zot uning salomiga alik oldilar, u esa oʻtirdi. U zot: «Yigirma», — dedilar. Soʻng yana boshqa biri kelib: «Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokotuh», — dedi. U zot uning salomiga alik oldilar, u esa oʻtirdi. U zot: «Oʻttiz», — dedilar.