- عن كلدة بن الحنبل رضي الله عنه قال: أتيت النبي صلى الله عليه وسلم ، فدخلت عليه ولم أسلم، فقال النبي صلى الله عليه وسلم : "ارجع فقل السلام عليكم أأدخل؟" ((رواه أبو داود، والترمذي وقال: حديث حسن)).
Kalada ibn Hanbal (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Safvon ibn Umayya uni sut, ogʻiz suti va zagʻobis (yeyiladigan oʻt) bilan Nabiy ﷺning oldiga yubordi, u zot esa vodiyning yuqori tomonida edilar. (Kalada) aytdi: Men u zotning huzurlariga salom bermay va izn soʻramay kirib bordim. Shunda Nabiy ﷺ: «Qaytib chiqib: ‹Assalomu alaykum, kirsam boʻladimi?› deb (ayt)», dedilar. Bu Safvon islom qabul qilganidan keyin boʻlgan edi. Amr aytdi: Bu hadisni menga Umayya ibn Safvon ham xabar berdi, lekin u: «Buni Kaladadan eshitdim», demadi. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir, biz uni faqat Ibn Jurayjning hadisidan bilamiz. Buni Abu Osim ham Ibn Jurayjdan shunga oʻxshash rivoyat qilgan. Zagʻobis — yeyiladigan bir oʻtdir.