- عن أنس رضي الله عنه في حديثه المشهور في الإسراء قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "ثم صعد بي جبريل إلي السماء الدنيا فاستفتح، فقيل: من هذا؟ قال: جبريل، قيل:ومن معك؟ قال: محمد. ثم صعد إلي السماء الثانية والثالثة والرابعة وسائرهن، ويقال في باب كل سماء: من هذا؟ فيقول: جبريل" ((متفق عليه)).
Anas (roziyallohu anhu)dan Isro haqidagi mashhur hadisida rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ: «Soʻng Jibril meni dunyo osmoniga koʻtardi va eshik ochishni soʻradi. ‹Bu kim?› deyildi. U: ‹Jibril›, dedi. ‹Sen bilan kim bor?› deyildi. U: ‹Muhammad›, dedi. Soʻng ikkinchi, uchinchi, toʻrtinchi va qolgan barcha osmonlarga koʻtarildi. Har bir osmonning eshigida: ‹Bu kim?› deyilar, u: ‹Jibril›, der edi», dedilar.