- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: كان رسول الله صلى الله عليه وسلم إذا عطس وضع يده أو ثوبه علي فيه، وخفض -أو غض- بها صوته. شك الراوي. ((رواه أبو داود، والترمذي وقال: حديث حسن صحيح)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Rasululloh ﷺ aksa urganlarida, qoʻllarini yoki kiyimlarini ogʻizlariga qoʻyar va u bilan ovozlarini pasaytirar edilar. Roviy Yahyo (xafada yoki gʻadda — ovozini pasaytirdi soʻzida) shubha qildi.