- وعن أبي موسي رضي الله عنه قال: كان اليهود يتعاطسون عند رسول الله صلى الله عليه وسلم يرجون أن يقول لهم: يرحمكم الله، فيقول: ""يهديكم الله ويصلح بالكم" ((رواه أبو داود، والترمذي وقال: حديث حسن صحيح)).
Abu Muso (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Yahudiylar Nabiy ﷺning oldilarida atayin aksa urib, u zot ularga: «Yarhamukumulloh (Alloh sizlarga rahm qilsin)», deyishlarini umid qilar edilar. U zot esa: «Yahdikumulloh va yuslihu bolakum (Alloh sizlarni hidoyat qilsin va ahvolingizni yaxshilasin)», der edilar. Bu bobda Ali, Abu Ayyub, Solim ibn Ubayd, Abdulloh ibn Jaʼfar va Abu Hurayradan ham (rivoyatlar bor). Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan sahihdir.