- وعن أبي سعيد الخدري وأبي هريرة، رضي الله عنهما، أنهما شهدا علي رسول الله ، صلى الله عليه وسلم ، أنه قال: "من قال: لا إله إلا الله والله اكبر، صدقه ربه، فقال: لا إله إلا أنا وأنا أكبر. وإذا قال: لا إله إلا الله وحده لا شريك له، قال: يقول: لا إله إلا أنا وحدي لا شريك لي. وإذا قال: لا إله إلا الله له الملك وله الحمد، قال: لا إله إلا أنا لي الملك ولي الحمد. وإذا قال: لا إله إلا الله ولا حول ولا قوة إلا بالله، قال: لا إله إلا أنا ولا حول ولا قوة إلا بي" وكان يقول: "من قالها في مرضه ثم مات لم تطعمه النار" ((رواه الترمذي وقال: حديث حسن))
Abu Hurayra (roziyallohu anhu) va Abu Said (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadiki, Nabiy ﷺ: «Kim ‹La ilaha illalloh vallohu akbar (Allohdan boshqa hech iloh yoʻq va Alloh eng buyukdir)› desa, Robbi uni tasdiqlab: ‹Mendan boshqa hech iloh yoʻq va Men eng buyukman› deydi. Qachon u ‹La ilaha illalloh vahdah (Yolgʻiz Allohdan boshqa hech iloh yoʻq)› desa, Alloh: ‹Mendan boshqa hech iloh yoʻq va Men yolgʻizman› deydi. Qachon u ‹La ilaha illalloh vahdahu la sharika lah (Yolgʻiz Allohdan boshqa hech iloh yoʻq, Uning sherigi yoʻq)› desa, Alloh: ‹Mendan boshqa hech iloh yoʻq, Men yolgʻizman, Mening sherigim yoʻq› deydi. Qachon u ‹La ilaha illalloh, lahul-mulku va lahul-hamd (Allohdan boshqa hech iloh yoʻq, mulk Uniki va hamd Uniki)› desa, Alloh: ‹Mendan boshqa hech iloh yoʻq, mulk Meniki va hamd Meniki› deydi. Qachon u ‹La ilaha illalloh, va la havla va la quvvata illa billah (Allohdan boshqa hech iloh yoʻq va Allohdan boshqa qudrat ham, quvvat ham yoʻq)› desa, Alloh: ‹Mendan boshqa hech iloh yoʻq va Mendan boshqa qudrat ham, quvvat ham yoʻq› deydi», dedilar. Va U zot: «Kim buni kasalligida aytib, soʻng vafot etsa, doʻzax oʻti uni yemaydi», der edilar. Abu Iso aytdi: Bu hadis hasan gʻaribdir. Buni Shuʼba Abu Ishoqdan, u al-Agʻarr Abu Muslimdan, u Abu Hurayra va Abu Saiddan shu hadisga oʻxshash maʼnoda rivoyat qilgan, lekin Shuʼba uni marfuʼ qilmagan.