- عن ابن عباس، رضي الله عنهما، أن علي بن أبي طالب، رضي الله عنه خرج من عند رسول الله صلى الله عليه وسلم ، في وجعه الذي توفي فيه فقال الناس: يا أبا الحسن كيف أصبح رسول الله صلى الله عليه وسلم ؟ قال: أصبح بحمد الله بارئاً" ((رواه البخاري)).
(Abdulloh ibn Abbos xabar berdi)ki, Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) Rasululloh ﷺning oldidan — u zot vafot etgan oʻsha ogʻriqlari (kasallik) paytida — chiqdi. Odamlar: «Ey Abu Hasan, Rasululloh ﷺ qanday tongotdilar (qanday holda)?» dedi. U: «Alhamdulilloh, sogʻayib (yengillashib) tongotdilar», dedi. Abbos ibn Abdulmuttalib uning qoʻ lidan ushlab, unga: «Allohga qasamki, sen uch (kun)dan keyin (mirosdan mahrum) tayoq quli (xizmatkori) boʻ lasan! Allohga qasamki, men Rasululloh ﷺni shu ogʻriqlaridan vafot etadilar deb oʻylayman; men Abdulmuttalib (avlodi)ning yuzlarini oʻ lim paytida (qanday boʻ lishini) taniyman. Yur, Rasululloh ﷺning oldiga boraylik, undan bu (xilofat) ishi kimda boʻ lishini soʻraylik: agar u bizda boʻ lsa — buni bilamiz, agar boshqalarda boʻ lsa — uni (ham) bilamiz, u zot biz haqda vasiyat qilsinlar», dedi. Ali: «Allohga qasamki, agar biz uni Rasululloh ﷺdan soʻrasak-u, u zot uni bizdan man qilsalar, odamlar undan keyin uni bizga aslo bermas; men, Allohga qasamki, uni Rasululloh ﷺdan soʻramayman», dedi.