- وعنها قالت: رأيت رسول الله صلى الله عليه وسلم وهو بالموت عنده قدح فيه ماء وهو يدخل يده في القدح، ثم يمسح وجهه بالماء، ثم يقول: "اللهم أعني علي غمرات الموت وسكرات الموت" ((رواه الترمذي)).
Oisha (roziyallohu anho)dan rivoyat qilinadi: U: «Rasululloh ﷺni oʻlim holatlarida koʻrdim. Yonlarida ichida suv boʻlgan idish bor edi. U zot qoʻllarini idishga solib, soʻng suv bilan yuzlarini siypar, soʻng: ‹Allohim, oʻlim qiyinchiliklarida menga yordam ber›, yoki: ‹oʻlim talvasalarida (yordam ber)›, der edilar», dedi. Abu Iso aytdi: Bu — gʻarib hadisdir.