- عن عمران بن الحصين رضي الله عنهما أن امراة من جهينة أتت النبي صلى الله عليه وسلمى الله عليه وسلم الله عليه وسلم الله عليه وسلم وهي حبلي من الزنا، فقالت: يا رسول الله، أصبت حداً فأقمه علي ، فدعا رسول الله صلى الله عليه وسلم وليها، فقال: "أحسن إليها فإذا وضعت فأتني بها” ففعل، فأمر بها النبي صلى الله عليه وسلم الله عليه وسلمى الله عليه وسلم الله عليه وسلم ، فشدت عليها ثيابها، ثم أمر بها فرجمت، ثم صلى عليها" ((رواه مسلم)).
Imron ibn Husayn (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Juhayna (qabilasi)dan bir ayol zinodan homilador holda Allohning Nabiysi ﷺ huzuriga kelib: «Ey Allohning Nabiysi, men had (jazo)ga (sazovor) ish qildim, mening ustimda uni ado eting», — dedi. Shunda Allohning Nabiysi ﷺ uning valiysini chaqirib: «Unga yaxshilik qil, tugʻsa, uni menga olib kel», — dedilar. U shunday qildi. Soʻng Allohning Nabiysi ﷺ u haqida buyruq berdilar, uning kiyimlari (tanasiga) mahkamlandi, soʻng u zot buyurdilar va u toshboʻron qilindi, keyin u zot unga janoza oʻqidilar. Shunda Umar u zotga: «Ey Allohning Nabiysi, u zino qilgani holda unga janoza oʻqiyapsizmi?» — dedi. U zot: «U shunday bir tavba qildiki, agar u Madina ahlidan yetmish kishi orasida boʻlinsa, ularga yetardi. Oʻzini Alloh taologa (fido qilib) saxiylik qilganidan afzalroq tavbani topdingmi?» — dedilar.