- وعن ابن عباس رضي الله عنهما أنه سمع النبي صلى الله عليه وسلم يقول: "لا يخلون رجل بامرأة إلا ومعها ذو محرم، ولا تسافر المرأة إلا مع ذي محرم" فقال له رجل: يا رسول الله إن امرأتي خرجت حاجّة، وإني اكتتبت في غزوة كذا وكذا؟ قال: "انطلق فحج مع امرأتك" ((متفق عليه)).
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo)dan rivoyat qilinadi: Men Nabiy ﷺ ning xutba qilib turib shunday deganlarini eshitdim: «Bir erkak ayol bilan, yonida uning mahrami boʻlmasa, xilvatda qolmasin va ayol kishi mahrami bilan boʻlmasa safar qilmasin». Shunda bir erkak oʻrnidan turib: «Yo Rasululloh! Mening xotinim haj qilgani chiqib ketdi, men esa falon-falon gʻazotga (jihodga) yozildim», dedi. U zot: «Bor, xotining bilan birga haj qil», dedilar.