- عن أبي أمامة رضي الله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: " اقرءوا القرآن فإنه يأتي يوم القيامة شفيعًا لأصحابه" ((رواه مسلم)).
Abu Umoma al-Bohiliy (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: men Rasululloh ﷺ ning shunday deyotganlarini eshitdim: «Qurʼonni oʻqinglar, chunki u Qiyomat kunida uni oʻqiganlarga shafoatchi boʻlib keladi. Ikki nurli surani — Baqara va Oli Imron surasini oʻqinglar, chunki ular Qiyomat kunida goʻyo ikki bulutdek, yoki goʻyo ikki soyabondek, yoki saf tortgan qushlarning ikki guruhidek kelib, ularni oʻqiganlar uchun himoya qiladi. Baqara surasini oʻqinglar, chunki uni olish (oʻqib amal qilish) baraka, uni tark etish hasrat (afsus)dir; sehrgarlar esa unga kuchlari yetmaydi». Muoviya dedi: «Menga shu yetib keldiki, ‹al-batala› — sehrgarlardir».