- وعن عبد الله- وقيل: عمرو بن قيس المعروف بابن أم مكتوم المؤذن رضي الله عنه أنه قال: يا رسول الله إن المدينة كثيرة الهوام والسباع. فقال رسول الله صلى الله عليه وسلم : "تسمع حي على الصلاة، حي على الفلاح، فحيهلا" ((رواه أبو داود بإسناد حسن. (12)
Ibn Ummu Maktum (roziyallohu anhu) aytadilar: «Ey Rasululloh, Madinada zaharli hasharot va yirtqich hayvonlar koʻp», dedim. Shunda Paygʻambar ﷺ: «Sen ‹Hayya alas-solah, hayya alal-falah› (Namozga kelinglar, najotga kelinglar) deyilganini eshitasanmi? Unday boʻlsa, kel!» dedilar. Abu Dovud aytadi: Qosim al-Jarmiy ham buni Sufyondan shunday rivoyat qilgan, biroq uning rivoyatida ‹hayya halo› (kel) soʻzlari yoʻq.