- وعن أبي هريرة رضي الله عنه أن رسول الله صلى الله عليه وسلم قال: "والذي نفسي بيده، لقد هممت أن آمر بحطب فيحتطب، ثم آمر بالصلاة فيؤذن لها، ثم آمر رجلا فيؤم الناس، ثم أخالف إلى رجال فأحرق عليهم بيوتهم" ((متفق عليه))
(Abu Hurayra (roziyallohu anhu) rivoyat qildiki,) Rasululloh ﷺ: «Jonim (qoʻ)lida boʻlgan Zot bilan qasamki, men shuni niyat qildimki: oʻtin (yigʻishni) buyuraman, u yigʻiladi; soʻng namozni buyuraman, unga azon aytiladi; soʻng bir kishiga (imomlikni) buyuraman, u odamlarga imom boʻladi; soʻng men (namozga kelmagan) erkaklarning oldiga borib, ularning uylarini (oʻzlari) ustiga yoqib (kuydirib) yuboraman! Jonim (qoʻ)lida boʻlgan Zot bilan qasamki, agar biringiz semiz bir suyak (boʻlak goʻsht) yoki ikkita yaxshi qoʻy tuyogʻi topishini bilsa, albatta xufton (namozi)ga (jamoatga) hozir boʻlardi», dedilar. (Abu Abdulloh (Buxoriy) aytdi: ‹mirmot› — qoʻyning tuyogʻi orasidagi goʻsht boʻlib, u — ‹minsaʼa› va ‹miyzaʼa› (kabi); (uning) mimi kasra bilan (oʻqiladi).)