- وعن ابن مسعود رضي الله عنه قال: من سره أن يلقى الله تعالى غدًا مسلمًا، فليحافظ على هؤلاء الصلوات، حيث ينادى بهن، فإن الله شرع لنبيكم صلى الله عليه وسلم سنن الهدى، وإنهن من سنن الهدى، ولو أنكم صليتم في بيوتكم كما يصلي هذا المتخلف في بيته لتركتم سنة نبيكم، ولو تركتم سنة نبيكم لضللتم، ولقد رأيتنا وما يتخلف عنها إلا منافق معلوم النفاق، ولقد كان الرجل يؤتى به، يهادى بين الرجلين حتى يقام في الصف. ((رواه مسلم وفي رواية له قال: إن رسول الله صلى الله عليه وسلم علمنا سنن الهدى، وإن من الهدى الصلاة في المسجد الذي يؤذن فيه)).
Abdulloh ibn Masʼud (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: «Kim ertaga Allohga musulmon holida roʻbaru boʻlishni xush koʻrsa, mana shu namozlarni azon aytiladigan joyda muhofaza qilsin (jamoat bilan oʻqisin). Chunki Alloh Paygʻambaringizga ﷺ hidoyat sunnatlarini joriy qildi, bular esa hidoyat sunnatlaridandir. Agar siz mana shu (masjiddan) qoluvchi kishi oʻz uyida oʻqigani kabi uylaringizda namoz oʻqisangiz, Paygʻambaringizning sunnatini tark etgan boʻlasiz. Agar Paygʻambaringizning sunnatini tark etsangiz, adashasiz. Qaysi bir kishi tahorat qilib, tahoratini chiroyli ado etib, soʻngra mana shu masjidlardan biriga qasd qilib (yoʻl olsa), Alloh unga bosgan har bir qadami uchun bir hasana yozadi, u sababli uni bir daraja koʻtaradi va u sababli undan bir gunohni oʻchiradi. Biz shunday zamonni koʻrdikki, undan faqat nifoqi maʼlum boʻlgan munofiqgina qolar edi. Hatto bir kishi ikki kishi orasida (suyab) yetaklanib keltirilib, safda turgʻizilar edi».