- وعن أبي الدرداء رضي الله عنه قال: سمعت رسول الله صلى الله عليه وسلم يقول: "ما من ثلاثة في قرية ولا بدو لا تقام فيهم الصلاة إلا قد استحوذ عليهم الشيطان. فعليكم بالجماعة، فإنما يأكل الذئب من الغنم القاصية" ((رواه أبو داود بإسناد حسن)).
Abu Dardo (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺni: «Bir qishloq yoki sahroda uch kishi boʻlib, ular orasida namoz jamoat bilan oʻqilmasa, shayton ularni albatta oʻz iskanjasiga oladi. Bas, jamoatga yopishinglar. Chunki boʻri faqat toʻdadan ajralib qolgan qoʻyni yeydi», deganlarini eshitdim, dedilar.