- وعن أبي هريرة رضي الله عنه قال: قال رسول الله صلى الله عليه وسلم: "إن أول ما يحاسب به العبد يوم القيامة من عمله صلاته، فإن صلحت، فقد أفلح وأنجح، وإن فسدت، فقد خاب وخسر، فإن انتقص من فريضته شيئًا، قال الرب، عز وجل: انظروا هل لعبدي من تطوع، فيكمل منها ما انتقص من الفريضة؟ ثم يكون سائر أعماله على هذا" ((رواه الترمذي وقال حديث حسن)).
Abu Hurayra (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Men Rasululloh ﷺning shunday deganlarini eshitdim: «Qiyomat kunida bandaning amallaridan birinchi boʻlib hisob soʻraladigani — uning namozidir. Agar u (namozi) durust boʻlsa, banda najot topdi va yutdi; agar buzuq boʻlsa, ziyon koʻrdi va xor boʻldi. Agar uning farzidan biror narsa kamaygan boʻlsa, Robb azza va jalla: ‹Bandamning nafl (namozi) bormi, qarab koʻringlar; farzdan kamaygan narsa shu bilan toʻldirilsin›, deydi. Soʻng uning boshqa barcha amallari ham shunga koʻra (hisob qilinadi)». (Abu Iso) aytdi: Bu bobda Tamim ad-Doriydan ham (rivoyat) bor. Abu Iso aytdi: Abu Hurayraning hadisi shu yoʻldan hasan gʻarib hadisdir. Bu hadis Abu Hurayradan boshqa yoʻldan ham rivoyat qilingan. Hasanning baʼzi shogirdlari Hasandan, u Qabisa ibn Huraysdan boshqa bir hadisni rivoyat qilganlar; mashhuri esa Qabisa ibn Huraysdir. Anas ibn Hakimdan, u Abu Hurayradan, u Nabiy ﷺdan shunga oʻxshashini rivoyat qilingan.