- عن جابر بن سمرة، رضي الله عنهما، قال: خرج علينا رسول الله صلى الله عليه وسلم فقال: "ألا تصفون كما تصف الملائكة عند ربها؟" فقلنا: يا رسول الله وكيف تصف الملائكة عند ربها؟ قال: "يتمون الصفوف الأُول، ويتراصون في الصف" ((رواه مسلم)).
Jobir ibn Samura (roziyallohu anhu)dan rivoyat qilinadi: Rasululloh ﷺ huzurimizga chiqib: «Nega men sizlarni qoʻllaringizni xuddi asov otlarning dumlaridek koʻtarib turganingizni koʻraman? Namozda osoyishta turingiz!» — dedilar. Soʻng yana huzurimizga chiqib, bizni halqa-halqa (oʻtirgan) holda koʻrib: «Nega men sizlarni boʻlak-boʻlak guruh holida koʻraman?» — dedilar. Soʻng yana huzurimizga chiqib: «Maloikalar oʻz Robbisining huzurida saf tortgani kabi siz ham saf tortmaysizmi?» — dedilar. Biz: «Yo Rasululloh, maloikalar oʻz Robbisining huzurida qanday saf tortadi?» — dedik. U: «Ular oldingi saflarni toʻldiradilar va safda zich turadilar», — dedilar.